Skip to content
Open access

XORIJIY DAVLATLAR JINOYAT-PROTSESSUAL QONUNCHILIGIDA SUD EKSPERTIZASI INSTITUTINING QIYOSIY-HUQUQIY TAHLILI

Sep 2026 · Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари / Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук / Actual Problems of Humanities and Social Sciences. · 0 citations

Abstract

Maqolada Kanada, Misr Arab Respublikasi, Iordaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Litva, Xitoy,Janubiy Koreya va Qirgʻiziston jinoyat-protsessual qonunchiligi misolida sud ekspertizasi institutining huquqiytartibga solinishi qiyosiy-huquqiy tahlil qilingan. Tadqiqotning dolzarbligi Oʻzbekiston Respublikasida sudekspertlikfaoliyatini zamonaviy talablarga moslashtirish boʻyicha olib borilayotgan islohotlar, xususan ekspertizaturlari sonini kengaytirish va ekspert xulosalari sifatini oshirishga qaratilgan davlat siyosati vazifalari bilanbogʻliq.Tadqiqot metodologiyasi qiyosiy-huquqiy, tizimli-tarkibiy va norma-huquqiy tahlil usullariga asoslangan. Tahlilnatijasida ekspertiza institutining uch shartli modeli aniqlandi: ekspert-guvoh (adversarial) modeli, mustaqililmiy-protsessual institut modeli va markazlashtirilgan davlat xizmati modeli. Har bir davlat tajribasidan kelibchiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksini takomillashtirish yuzasidan aniq takliflar ishlabchiqilgan: ekspert xulosasini rad etishda ilmiy asoslash majburiyati, taraflarning ekspertga savol taklif qilish va uning malakasiga eʼtiroz bildirish huquqini kengaytirish, qarama-qarshi xulosalar yuzasidan ekspertlarkengashini tashkil etish tartibi, ekspert xulosasining metodologik ochiqligi hamda ekspert va ekspertizatashkilotlarini majburiy akkreditatsiya va reyestrga olish tizimi.

Read PDF

We use cookies to run the site and, with your consent, for analytics and to show ads. See our Cookie Policy.