Skip to content
Open access

O‘ZBEK VA INGLIZ HIKOYACHILIGIDA AYOL RUHIYATINI TASVIRLASHNING POETIK VOSITALARI VA QIYOSIY-TIPOLOGIK XUSUSIYATLARI

Aug 2026 · SCIENCE TIME · 0 citations

Abstract

Mazkur maqolada o‘zbek va ingliz hikoyachiligida ayol ruhiyatini tasvirlashning poetik vositalari hamda ularning qiyosiy-tipologik xususiyatlari tadqiq etiladi. Ayol qahramonning ichki dunyosini ochib berishda ichki monolog, psixologik detal, portret, peyzaj, ramz, metafora, dialog, retrospeksiya va makon kabi badiiy vositalarning funksional imkoniyatlari tahlil qilinadi. O‘zbek va ingliz hikoyalarida mazkur vositalarning qo‘llanish xususiyatlari qiyoslanib, ayol ruhiyatini tasvirlashning milliy-estetik va umuminsoniy jihatlari aniqlanadi. Tadqiqot natijasida poetik vositalarning ayol qahramonning hissiy holati, ichki ziddiyatlari, xotiralari, orzu-intilishlari va ijtimoiy muhitga munosabatini ifodalashdagi ahamiyati ochib beriladi. Shuningdek, ikki adabiy an’anada psixologik tasvirning bevosita va bilvosita shakllari o‘rtasidagi farqlar yoritiladi.

Read PDF

We use cookies to run the site and, with your consent, for analytics and to show ads. See our Cookie Policy.