NAMANGAN VILOYATI IQTISODIY RIVOJLANISHINI BOSHQARISHDA SAMARALI MENEJMENT MEXANIZMLARI
Abstract
Namangan viloyati iqtisodiy rivojlanishini boshqarishda qoʻllaniladigan samarali menejment mexanizmlarini takomillashtirish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotning maqsadi - mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtiruvchi boshqaruv vositalarini aniqlash va ularni tizimli tahlil qilishdan iborat. Tadqiqot metodologiyasi rasmiy statistik maʼlumotlarni qiyosiy tahlil qilish, ilmiy adabiyotlarni tizimlashtirish hamda mantiqiy umumlashtirish usullariga asoslangan. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatdiki, viloyatda sanoat ishlab chiqarishining oʻsish surʼati ijobiy dinamikaga ega boʻlsa-da, kichik biznes ulushining yuqoriligi mintaqa iqtisodiyoti tarkibiy jihatdan nomutanosibligidan dalolat beradi, bu esa institutsional va investitsion boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirishni taqozo etadi. Olingan natijalarning ilmiy ahamiyati mintaqaviy boshqaruv nazariyasini mahalliy empirik maʼlumotlar bilan boyitishdan iborat boʻlsa, amaliy ahamiyati hududiy hokimiyat organlari uchun boshqaruv qarorlarini takomillashtirish yuzasidan aniq tavsiyalar ishlab chiqishda namoyon boʻladi.