Skip to content
Open access

YER OSTI KON LAHIMLARINI ANKERLI MUSTAHKAMLASHDA MINERAL KOMPOZITSIYALI IKKI KOMPONENTLI AMPULALARNING SAMARADORLIGINI BAHOLASH

Sep 2026 · Sanoatda raqamli texnologiyalar · 0 citations · 1 references

Abstract

Maqolada yer osti kon lahimlarini ankerli mustahkamlashda mineral kompozitsiyali ikki komponentli ampulalardan foydalanish samaradorligi tahlil qilingan. Turli kon-geologik sharoitlarda ankerlarning mahkamlanish xususiyatlari, ampula zichligining mahkamlash mustahkamligiga ta’siri hamda mineral kompozitsiyali va polimer ampulalarning asosiy texnik-ekspluatatsion ko‘rsatkichlari qiyosiy baholangan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ampula zichligi 600–2000 kg/m³ oralig‘ida oshirilganda mahkamlash mustahkamligi 8,2 MPa dan 36,8 MPa gacha ortishi aniqlangan. Mineral kompozitsiyali ampulalarning yuqori termik barqarorligi, yonmasligi, nam shpurlarda ishlash imkoniyati va uzoq muddat davomida mahkamlash xususiyatlarini saqlashi ularning polimer ampulalarga nisbatan muhim afzalliklari sifatida asoslangan. Shuningdek, 27–30 mm diametrli shpurlardan foydalanish va ankerlarni 8–10 soniya davomida o‘rnatish imkoniyati mustahkamlash jarayonining texnologik samaradorligini oshirishi ko‘rsatilgan. Olingan natijalar mineral kompozitsiyali ikki komponentli ampulalarni murakkab kon-geologik sharoitlarda yer osti kon lahimlarini barqarorlashtirishning istiqbolli vositasi sifatida qo‘llash mumkinligini ko‘rsatadi.

Read PDF

We use cookies to run the site and, with your consent, for analytics and to show ads. See our Cookie Policy.