INGLIZ SLENGIDAGI ZOONIM KOMPONENTLI BIRLIKLARNING STRUKTUR-SEMANTIK TASNIFI VA NOMINATIV MODELLARI
Aug 2026 · “ADVANCED JOURNAL OF UNIVERSITY SCIENCE AND CREATIVE INNOVATIONS” AJOU SCI · 0 citations
· 2 references
Abstract
Maqolada ingliz slengidagi zoonim komponentli birliklar struktursemantik va nominativ jihatdan tahlil qilinadi. Mualliflik kartotekasidagi 459 ta noyob birlik olti zoologik guruh asosida tavsiflanib, 504 ta tasnifiy qaydning taqsimoti aniqlanadi. Monoleksemali, kompozitsion, somatik, konversion va frazeologik modellar o‘zaro qiyoslanadi. Natijada, zooslengni tavsiflash uchun shakl, manba obrazi, nishon domeni, baholovchi indeks va sotsiolingvistik cheklovni birlashtiruvchi besh qatlamli model taklif etiladi.