Skip to content
Open access

GUAR (Syamopsis tetragonoloba (L.) Taub.) O‘SIMLIGINING NAMANGAN VILOYATI SHAROITIDA O‘SISHI, RIVOJLANISHI VA MOSLASHUVCHANLIGI

Sep 2026 · Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini · 0 citations

Abstract

Maqolada guar (Syamopsis tetragonoloba (L.) Taub.) o‘simligining Namangan viloyati Uychi tumani sharoitida o‘sishi, rivojlanishi va agroiqlim sharoitiga moslashuvchanlik xususiyatlari bo‘yicha 2026-yilda olib borilgan dala tadqiqotlari natijalari keltirilgan. Tadqiqotlar Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining Namangan ilmiy-tajriba stansiyasida olib borildi. Guar 2026-yil 4-may kuni ekilib, unib chiqishdan to‘liq pishishgacha bo‘lgan davrda fenologik va biometrik kuzatuvlar amalga oshirildi. O‘simlikning unib chiqishi, 1–2 chin barg hosil qilishi, shoxlanishi, g‘unchalashi, gullashi, dukkak hosil qilishi, dukkaklarning to‘lishi, fiziologik va to‘liq pishish bosqichlari qayd etildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, unib chiqish 7–9 kundan keyin, fiziologik pishish 90–94 kunda, to‘liq pishish esa 108–112 kunda kuzatildi. Yakuniy biometrik hisoblarda o‘simlik bo‘yi 94,8 sm, yon shoxlar soni 8,7 dona, bir tupdagi dukkaklar soni 23,5 dona, dukkak uzunligi 5,9 sm, bir dukkakdagi urug‘lar soni 9,1 dona va birinchi dukkakning joylashish balandligi 25,2 sm ni tashkil etdi. eng yuqori o‘sish sur’ati g‘unchalashdan gullash boshlanishigacha bo‘lgan davrda kuzatilib, o‘rtacha 2,14 sm/kunni tashkil etdi. Natijalar guar o‘simligining Namangan viloyati sharoitida vegetativ va generativ rivojlanish bosqichlarini to‘liq o‘tashi hamda biologik siklini yakunlashi mumkinligini ko‘rsatdi.

Read PDF

We use cookies to run the site and, with your consent, for analytics and to show ads. See our Cookie Policy.