Open access
2-TUR QANDLI DIABET RIVOJLANISHIDA INSULIN REZISTENTLIGINI BOSHQRUVCHI GENLAR (TCF7L2, IRS1) POLIMORFIZMINING IMMUNOGENETIK VA MOLEKULYAR XUSUSIYATLARI
Abstract
2-tur qandli diabet (T2D) — bu multifaktorial kasallik boʻlib, uning yuzaga kelishida atrofdagi noqulay ekologik muhit omillari bilan bir qatorda irsiy-genetik moyillik yetakchi rol oʻynaydi. Orolboʻyi mintaqasi aholisida surunkali ekologik stress sharoitida metabolik kasalliklarning erta va ogʻir koʻrinishda namoyon boʻlishi kuzatiladi. Ekologik omillar (toksinlar, ogʻir metallar, pestitsidlar) genlar ekspressiyasiga taʼsir koʻrsatib, genetik mutatsiya va polimorfizmlarning patogenetik taʼsirini kuchaytirishi mumkin.