Open access
Orolboʻyi mintaqasida metabolik sindrom shakllanishida surunkali yalligʻlanish mediatorlarining roli va klinik-patogenetik zamini
Abstract
Orolboʻyi mintaqasi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati) bugungi kunda dunyodagi eng ogʻir ekologik inqiroz hududlaridan biri hisoblanadi. Orol dengizining qurigan tubidan koʻtariluvchi tuz-chang aerozollari, tarkibida natriy, magniy sulfatlari va agroximikatlar (pesticidlar, ogʻir metallar) boʻlgan chang boʻronlari aholi salomatligiga uzoq muddatli salbiy taʼsir koʻrsatib kelmoqda. Ushbu ekologik omillar inson organizmida surunkali endotoksikoz va oksidativ stressni yuzaga keltirib, immun tizimining muvozanatini buzadi.