Skip to content
Open access

MASHINA TARJIMASI TIZIMLARINING EVOLYUTSIYASI VA TASNIFI

Sep 2026 · YANGI DAVR ILM-FANI: INSON UCHUN INNOVATSION G‘OYA VA YECHIMLAR · 0 citations · 15 references

Abstract

Mazkur maqolada mashina tarjimasi texnologiyalarining asosiy yo‘nalishlari, evolyutsiyasi, xususan, statistik mashina tarjimasi (SMT), qoidalarga asoslangan mashina tarjimasi (RBMT) hamda bevosita mashina tarjimasining lingvistik va texnologik xususiyatlari tadqiq etiladi. Bevosita mashina tarjimasining leksik birliklar va ikki tilli lug‘atlarga tayanishi, manba til birliklarini oraliq reprezentatsiyasiz maqsad tiliga transformatsiya qilish mexanizmi yoritiladi. Shuningdek, ushbu yondashuvning sintaktik va semantik munosabatlarni yetarli darajada hisobga olmasligi natijasida yuzaga keladigan leksik nomuvofiqlik, sintaktik xatolar va mazmuniy noaniqliklar tahlil qilinadi.

Read PDF

We use cookies to run the site and, with your consent, for analytics and to show ads. See our Cookie Policy.