SURUNKALI VIRUSLI GEPATITLARDA ULTRATOVUSH TEKSTURAL MODELLASHTIRISH VA DOPPLEROMETRIK MEZONLAR ASOSIDA DIAGNOSTIKANI OPTIMALLASHTIRISH
Abstract
Maqolada surunkali virusli gepatitlar bilan og‘rigan bemorlarda jigar parenximasining strukturaviy o‘zgarishlarini raqamli teksturali modellashtirish hamda intraorgan qon tomirlarining dopplerometrik ko‘rsatkichlarini kompleks baholash orqali noinvaziv diagnostika aniqligini oshirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda DICOM formatidagi ultratovush tasvirlarini matematik qayta ishlash hamda dupleks skanerlash natijalari tahlil qilingan. Olingan natijalar kasallikning erta bosqichlarida mikrovaskulyar qarshilik va piksel-lar entropiyasining ishonchli o‘zgarishini ko‘rsatdi (p < 0.05).