SURUNKALI VIRUSLI GEPATITLARDA DOPPLEROMETRIK PARAMETRLAR VA GEMODINAMIK MODELLASHTIRISHNING NAZARIY-DIAGNOSTIK ASOSLARI
Abstract
Dolzarbligi. Surunkali virusli gepatitlarda patologik jarayonning jigar to‘qimasi mikrotsirkulyatsiyasiga ko‘rsatadigan ta’sirini erta bosqichlarda aniqlash zamonaviy gepatologiyaning eng dolzarb vazifalaridan biridir. Parenximada kechuvchi fibrotik o‘zgarishlar intraorgan qon tomirlarining elastiklik xususiyatlarini pasaytirib, ularning gemodinamik qarshiligini oshiradi. An’anaviy vizual diagnostika usullari mikrovaskulyar o‘zgarishlarni miqdoriy baholashda yetarli darajada sezgir emas. Rangli dopplerometriya va dupleks skanerlash ma’lumotlarini matematik modellashtirish orqali jigar ichki qon oqimining fiziologik va patologik mezonlarini chuqur o‘rganish ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi.